Iyul oyida e’lon qilingan Alyaska shtatidagi AQShning quruqlikdagi qo‘shinlari sonini kamaytirish rejasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi rasmiy vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Alyaskada joylashtirilgan 25-piyoda diviziyasi 4-harbiy-desant brigadasini batalyonga aylantirish rejasi qayta ko‘rib chiqilmoqda, — deya ta’kidlagan Pentagon xodimi. — Ayni paytda mazkur bo‘linmani 2016-yil fevralida Fort-Polkdagi (Luiziana shtati) navbatdagi o‘quv kursini brigada tariqasida o‘tashi ustida ish olib borilmoqda”.
Oldinroq brigada 2016-yil oktabrgacha batalyon holatiga keltirilishi, ya’ni taxminan 2630 kishiga qisqartirilishi ko‘zda tutilgandi. Mahalliy ma’muriyat vakillari va Alyaskadan saylangan AQSh Kongressi a’zolari, birinchi galda senator Den Sallivan bu rejalarga qat’iyan qarshi chiqqan. Aynan ularning ta’siri ostida Alyaskadagi shaxsiy tarkibni qisqartirish masalasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilingan ko‘rinadi.
Izoh (0)