2-noyabr, dushanba kuni Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida sayyohlik avtobusi avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda shtat politsiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa shtat poytaxti Kolkattadan 22 km masofada joylashgan Kalyani tezkor shossesida sodir bo‘lgan. Avtomobil ichida bo‘lgan yetti kishidan besh nafari voqea joyida, qolgan ikki nafari kasalxonada vafot etgan. G‘arbiy Bengaliyadagi eng ommabop dengiz kurorti Digxaga yo‘l olgan avtobusdagi 20 dan ziyod sayyoh jarohat olgan.
Avtobusda xorijliklar bo‘lmagan. Qurbonlarning barchasi — Hindiston fuqarolari.
Izoh (0)