Tailand sharqidagi Chantxaburi viloyatida yovvoyi fil kauchuk to‘plovchilarga hujum qildi va ikki kishini bosib, o‘ldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fil o‘z yo‘lidan chiqib qolgan ishchilarni xartumi bilan tutib olib, havoga ko‘tarib, yerga tashlagan, shundan so‘ng uzun tishlari bilan hujum qilgan.
Jabrlanuvchilar orasida bir ayol ham bor, u qurbonlarning biri bilan juftlikda mehnat qilayotgan edi. Ikkala oyog‘i ham singan bu ayol kasalxonaga yotqizilgan.
Fil — Tailandning milliy ramzidir. Mamlakat hududida 2,5 mingga yaqin yovvoyi, 4 mingga yaqin qo‘lga o‘rgatilgan fillar hayot kechiradi.
Izoh (0)