Aida Xalzialik 27 yoshida Shvetsiyaning Ta’lim vaziri etib tayinlandi. Aytish kerakki, u mamlakatdagi eng yosh vazir sifatida tarixga kirdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, Aida 5 yoshligida ota-onasi bilan Bosniya va Gersegovinadan Shvetsiyaga ko‘chib kelgan.
23 yoshida Xalmstad shahri merining o‘rinbosari sifatida ishlagan va o‘z bilimi, intilishi sababli vazir maqomiga munosib ko‘rilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 10 million nafar aholiga ega Shvetsiyada 500 ming nafar musulmon istiqomat qiladi.
Izoh (0)