Gretsiya qirg‘oqlarida 29—30-oktabr kunlari, payshanba kechki payt va juma ertalab muhojirlarni tashigan ikki qayiq halokatga uchradi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Birinchi halokat Gretsiyaning Kalolimnos va Kalimnos orollari atrofida sodir bo‘ldi: bu hududda yuzdan ziyod muhojirlar joylashgan qayiq ag‘darilib ketgan. Qutqaruvchilar 138 qochoqni suvdan chiqarib olgan, biroq 18 kishining o‘ligi topilgan. Rodos oroli qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan ikkinchi halokatda esa 6 kishi saqlab qolindi, 3 kishi cho‘kib ketgan, yana 3 kishi dom-daraksiz yo‘qolgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil boshidan beri O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga borishga qaror qilgan 3000 nafar muhojir halok bo‘ldi.
Izoh (0)