Dushanbeda MDH hukumat rahbarlari kengashi majlisidagi chiqishi chog‘ida Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Karim Masimov mazkur tadbir bilan Qozog‘iston MDHdagi raisligini yakunlayotganini ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazakhstan Today.
“Yaqinda MDH davlat rahbarlari kengashida raislik navbati rasman qirg‘izistonlik hamkorlarimizga berildi. Shu munosabat bilan hamdo‘stlikdagi barcha hamkasblarga raisligimizda bergan ko‘maklari uchun minnatdorchilik bildirib, Qirg‘izistonga 2016-yilda muvaffaqiyat tilab qolaman”, — deya ta’kidlagan Masimov.
Dushanbedagi majlis ishtirokchilari tomonidan MDHga a’zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, gumanitar va huquq-tartibot sohalaridagi o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishga oid 40 ga yaqin masala muhokama etildi.
Izoh (0)