Rossiya ta’lim vaziri Dmitriy Livanov birinchi sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darslikdan olingan topishmoqni topa olmadi, deya xabar bermoqda Meduza. Topishmoqni unga hukumat soati chog‘ida Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko o‘qib berdi.
“To‘rttasi tik turibdi, ikkitasi tarvaqaylab ketgan, yettinchisi — ilonbaliq. Bu nima?” — deb so‘radi senator. Livanov uning nima ekanligi haqida taxminlarini ilgari surib o‘tirmadi. Buning o‘rniga, u bolalarda “noan’anaviy savollarga javob berish bo‘yicha ko‘proq qobiliyat bor”ligini aytdi.
Matviyenkoni vazirning javobi qoniqtirmadi. U topishmoqni “qandaydir gastarbayter” tuzganini ta’kidladi. Bu orada, topishmoqning javobi — sigir.
Izoh (0)