Yevropa ittifoqi migratsiya inqirozi tufayli bo‘linib ketishi mumkin. Bu haqda Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan kelayotgan qochoqlarning ulkan oqimi tufayli kelib chiqqan inqiroz endi ularning soniga emas, hamkorlikdagi vosita yo‘qligiga bog‘liq”, — dedi u.
Mogerini YeI uni hal etishga jiddiy yondashmasa, inqiroz chuqurlashishini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarni YeI davlatlariga ko‘chirish tashkiliy jihatdan qiyin bo‘lib hisoblansa-da, u amalga oshirish mumkin va zarur.
Izoh (0)