AQSh hukumati Virjiniya shtatidagi o‘z maktabi o‘quvchilariga qurolli hujum qilish maqsadida til biriktirishda gumon qilib, ikki o‘smirni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda “TASS” mahalliy sherifga tayanib.
Maktab o‘quvchilariga nisbatan ayblovlar e’lon qilindi, ular voyaga yetmaganlar uchun izolyatorda saqlanmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar maktabda otishma uyushtirishni rejalashtirgan va o‘z rejalarini internetda muhokama qilgan.
Izoh (0)