Deutsche Bank AG kichik valyuta treyderi tomonidan tizimga kiritilgan xato raqam tufayli Amerika xedj-fondiga 6 milliard dollar ko‘chirib yubordi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Ertasi kuni mablag‘ qaytarildi, hodisa haqida Federal zaxiraga, Yevropa markaziy bankiga va Britaniya tartibot organlariga xabar berildi.
Xatolik iyun oyida bankning Londondagi ofisida sodir etilgan, o‘shanda bo‘linma rahbari ta’tilda bo‘lgan. Treyder bitimning umumiy aylanmasini uning moliyaviy natijasi bilan adashtirib yuborgan.
Izoh (0)