Yaman hukumati isyonchi xusiylar va mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Solih bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Matbuot kotibining ta’kidlashicha, “muzokaralarda ishtirok etishga qaror qilingan, shunday mazmundagi maktub BMT bosh kotibiga jo‘natiladi”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur muzokaralar aynan BMT vakillari tomonidan tashkillashtiriladi.
Izoh (0)