Koreya Respublikasi, Xitoy va Yaponiya oliy rahbariyati vakillari Seulda bo‘lib o‘tadigan sammitda KXDR yadro muammosi bo‘yicha birgalikdagi deklaratsiyani qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “TASS” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Hujjatda Pxenyanni BMT Xavfsizlik kengashining unga yadro va raketa sinovlarini o‘tkazishni taqiqlovchi rezolyutsiyalariga rioya qilish, shuningdek, 2005-yildagi olti tomonlama muzokaralarda Koreya yarim orolini denuklearizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvlarni bajarishga chaqirishadi. Unga muvofiq, KXDR xalqaro energetik va iqtisodiy ko‘mak evaziga atom qurolidan voz kechishga va’da bergandi.
Sammit ishtirokchilari olti tomonlama aloqalarni qayta tiklash uchun birgalikda ishlash qarori haqida e’lon qilishi ham kutilmoqda.
Izoh (0)