Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi zaharli moddalarni chiqarish bo‘yicha sinovlarni soxtalashtirgani uchun 40 milliard yevrolik da’vo bilan to‘qnash kelishi mumkin. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jahonning yetakchi yuridik firmalaridan biri — Bentham avtokonserndan ko‘rsatilgan miqdordagi pulni undirib berishda investorlarga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.
Xususan, hozirgi vaqtda advokatlar Volkswagen’ning bir qator investorlari, xususan, Qatar va Norvegiya jamg‘armalari bilan muzokaralar olib bormoqda, hisob-kitoblarga ko‘ra, Volkswagen atrofidagi mojaro sabab ular 40 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan.
Izoh (0)