“Toshkent — Termiz” yo‘lining Chinoz tumanidan o‘tgan bo‘lagida “ZIL” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan xabarga ko‘ra, hodisa 16-oktabr kuni oqshomda yuz bergan.
Foydalanuvchilardan birining qayd etishicha, “ZIL” katta tezlikda boshqa bir yuk tashuvchi avtomobilga borib urilgan. Xabarga ilova qilingan suratda avtomobil kabinasi qariyb yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin.
“Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi omon qolgan, uning hamrohi esa hodisa joyida halok bo‘lgan”, — deydi guruhda mazkur fotoxabarni joylashtirgan foydalanuvchi.
Qayd etishlaricha, to‘qnashuvga quyuq tuman ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas, mazkur holat bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)