Airbus kompaniyasi “Konkord-2” deb nom olgan yangi samolyot uchun patent oldi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Fox News telekanali xabariga ko‘ra, yangi havo kemasi yo‘lovchilarni Nyu-Yorkdan Londonga atigi bir soatda eltib qo‘yishi mumkin.
Bu, parvozlari 12 yil avval to‘xtatilgan tovushdan tez uchar “Konkord” samolyotlari tomonidan qayd etilgan ko‘rsatkichidan uch barobar yuqori natijadir.
Ma’lum bo‘lishicha, hozircha Airbus yangi samolyotlardan faqat harbiy maqsadlarda foydalanish niyatida. Uning saloni 19 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Izoh (0)