Rossiya poytaxtida avtobus, trolleybus va tramvaylarni simsiz internetga ulash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilindi. Bu haqda “Mosgortrans” matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi jamoat transportida qatnovni yanada qulay bo‘lishini ta’minlaydi, — deya ta’kidlagan korxona bosh direktori Yevgeniy Mixaylov. — Agar e’lon qilingan tanlov muvaffaqiyatli o‘tsa, yil oxirigacha Wi-Fi bilan jihozlangan dastlabki mashinalar yo‘nalishga chiqariladi”.
Mazkur loyiha Moskvadagi 8 mingta transport vositasini qamrab olishi aytilmoqda.
Oldinroq Moskvaning yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari Wi-Fi bilan jihozlanishi xabar qilingandi.
Izoh (0)