AQSh sudi Apple kompaniyasiga Madisondagi Viskonsin universitetiga iPhone uchun protsessorlar ishlab chiqishda patent huquqlarini buzganligi tufayli 234 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Da’vo summasi 800 million dollardan ziyod edi. Apple sud qaroridan norozi bo‘lib shikoyat arizasi berish niyatida. Apellyatsiya 18 oygacha vaqt olishi mumkin.
Apple buzgan patent 1998-yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, u mikroprotsessorlar samaradorligini oshirishga aloqador.
Izoh (0)