Kanadada 3D-printer vositasida stetofonendoskop ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. “Terabayt.uz” xabariga ko‘ra, tibbiyot xodimlari uchun zarur bo‘lgan ushbu uskunani mazkur usulda tayyorlashni kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan shifokor Tariq Lubaniy taklif qildi.
“Jiyanimning o‘yinchoq stetofonendoskopini ko‘rib qoldim va bunday uskunani plastikdan ham tayyorlash mumkinligi xayolimga keldi”, — deydi tashabbuskor shifokor.
Bunda stetofonendoskopni qanday materialdan ishlangani muhim emas, asosiysi uni 3D-printerda sifatli tayyorlashga e’tibor qaratish kerak. Hozir Kanadadagi ustaxonalardan birida uncha katta bo‘lmagan printer yordamida stetofonendoskoplar quyilyapti.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur usulda tayyorlangan bitta stetofonendoskopning tannarxi 2,5 dollardan ortiq bo‘lmaydi. Shu tariqa shifokorlarni arzon tibbiy uskuna bilan ta’minlash imkoniyati yuzaga keladi.
Hozir Kanadadda stetofonendoskopni 3D-printer vositasida ommaviy ravishda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilyapti.
Izoh (0)