Xitoylik ishlab chiquvchilardan tarkib topgan Pangu jamoasi iOS 9.0.2 uchun jeylbreyk yaratdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Pangu9’ni Windows operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlarga o‘rnatish mumkin. U iOS 9’da ishlaydigan iPhone, iPad va iPod Touch’ning barcha modellariga to‘g‘ri keladi.
Apple gadjetlari jeylbreyki bo‘yicha mutaxassislar Pangu9 haqiqatan ham iOS 9’ga buzib kirish imkonini berishini tasdiqladi.
Jeylbreyk — Apple korporatsiyasi tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlanilmaydigan operatsiya bo‘lib, u iPhone, iPod yoki iPad fayl tizimiga kirish imkonini beradi. Buning yordamida qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirish mumkin, masalan, begona manbalardan olingan dasturlarni o‘rnatish mumkin.
Izoh (0)