Google kompaniyasi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi ishlanmalar markazini yopdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Google Peterburgdan ketdi. Ular bu yerdagi ofisni avgustda tark etgandi, aftidan, ofis yopilgan. Ofis xodimlari ikki qavatni band qilgandi. Xodimlari turli mamlakatlar — Shveysariya, Amerika va Germaniyaga olib chiqib ketilgan”, — deydi Knight Frank Saint-Petersburg xalqaro konsalting kompaniyasining tijoriy ko‘chmas mulk bo‘limi boshlig‘i Marina Puzanova.
Google’ning Rossiyadagi vakolatxonasidan “TASS”ga ma’lum qilishlaricha, Sankt-Peterburgdagi ishlanmalar markazi “kompaniya faoliyatini optimizatsiya qilish” maqsadida yopilgan, bu kabi jarayonlar Finlyandiya, Shvetsiya va AQShda ham yuz bermoqda.
Izoh (0)