• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Foyda bilan o‘qish: Brayan Treysi kitoblari

    Bir donishmand shunday degan: “Televizorni ko‘p ko‘radiganlar ko‘p kitob o‘qiydiganlarga hamisha xizmat qiladilar”. Brayan Treysi buni o‘z tajribasidan biladi. Zero, u o‘z muvaffaqiyatiga o‘qigan ko‘plab kitoblari va ularni amalda qo‘llaganligi tufayli erisha olgan. Bu uning bugungi kundagi darajaga yetishiga – jahon miqyosidagi eng sara notiq va trenerlardan biriga aylanishiga ko‘mak berdi.

    Foto: Be The Change Group

    Foto: Be The Change Group

    U iqtisod, tarix, biznes, falsafa va psixologiya kabi sohalarni o‘rgandi va tadqiq etdi. O‘zining tinimsiz mehnati tufayli (u allaqachon 70 ga yaqin kitoblarni yozib ulgurgan, ular jahonning 42 tiliga tarjima qilinib, chop etilgan) u dunyoda asarlari eng ko‘p sotiluvchi mualliflardan biriga aylandi. Quyida Brayan Treysining eng mashhur asarlarining qisqa annotatsiyalari keltirilgan.

    “Biznesdagi muvaffaqiyatning 100 ta tengsiz qonuni” asari

    Nega ayrimlar boshqalarga nisbatan biznesda muvaffaqiyat qozona oladi? Nega alohida korxonalar rivojlanadi-yu, boshqalar halokatga uchraydi? Mashhur ma’ruzachi, yozuvchi va biznes masalalari bo‘yicha ekspert ushbu oson bo‘lmagan savollarga javob topa oldi. Bu kitobida Brayan Treysi butun dunyo tadbirkor kishilari muvaffaqiyatining asosida yotuvchi tamoyillar majmuasi yoki “universal qonunlari”ni izohlaydi. Treysining amaliy tavsiyalari mehnat va biznesning eng muhim sohalariga aloqador 100 ta anglashga oson va qo‘llashda sodda bo‘lgan qonunlar ko‘rinishida aks etgan. U, shu bilan birga, har bir qonunning qanday ishlashini yaqqol ko‘rsatuvchi real hayotdan misollar keltirib, kitobxonga mazkur qonunlarni faoliyatda va hayotda tatbiq etish bo‘yicha mashqlarni ham taklif etadi.

    Kitob, eng avvalo, o‘z salohiyatini maksimal darajada qo‘llashni, o‘z kasbiga baxsh etayotgan qimmatbaho soatlar, haftalar va yillar evaziga eng yuqori miqdoriy va sifatli natijalarga erishishni maqsad qilib olgan biznes olamida faoliyat yurituvchi kishilar uchun yozilgan.

    “Millionerlar muvaffaqiyatining 21 siri” kitobi

    O‘zini millioner qilgan yuzlab kishilarning odatlari va xatti-harakatlari haqida ma’lumotlarni to‘plagan, o‘rgangan va umumlashtirgan holda, muallif, har bir kishi, uning dastlabki holatidan qat’iy nazar, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida rioya qilishi zarur bo‘lgan tamoyillarni ifodalab bergan.

    Bu kitob – o‘z mol-mulkini o‘zi ishlab topgan kishilar kabi, keng va qiziqarli mavzu bo‘yicha olib borilgan o‘n besh yillik tadqiqotlar, o‘rganishlar va shaxsiy tajribaning natijasidir. Kitob, Treysi tomonidan, boylik orttirish masalalariga bag‘ishlangan, yuzlab o‘qilgan kitob va minglab maqolalari asosidagi birlamchi g‘oya va strategiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur barcha g‘oya va strategiyalar kitobda shunday sodda, tushunarli va ishlash uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etilganki, zero, har bir kitobxon ularni bir onda o‘rganib, amalda tatbiq etishga kirisha olsin.

    “Fokus nuqtasi” kitobi

    “Intilayotgan narsangizni qanchalik yaqqol tasavvur eta olsangiz, unga shunchalik tez erisha olasiz” tamoyiliga asoslangan holda, Brayan Treysi o‘quvchisiga o‘z istaklarini ongli ravishda tatbiq etishga va oldiga qo‘yilgan maqsadlarga hamisha erishish uchun o‘z kuchini qaysi nuqtada jamlashi kerakligini bexato aniqlab olishga o‘rgatadi.

    Ushbu kitob hayotingizning har qanday sohasida yanada tez va yengil tarzda yuqori natijalarga erishish uchun qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan qulay, samarali va tajribada sinalgan usul to‘g‘risida hikoya qilib beradi. Olovni yoqishga qodir, kattalashtiruvchi oyna orqali fokusga to‘plangan quyosh nurlari singari, bir necha muhim faoliyat turlariga qaratilgan sizning aql va qobiliyatlaringiz ham, oddiy kishilarnikiga qaraganda, ko‘proq narsaga va buning ustiga tezroq erishingizga imkoniyat yaratadi.

    Bu kitob, siz o‘zingizga doimiy ravishda beradigan: “O‘z vaqtim va hayotimni qanday qilib nazorat qila olaman? Shaxslararo munosabatlarda va shaxsiy turmushda muvozanatni saqlagan holda, kasbda maksimal darajadagi muvaffaqiyatga erishish mumkinmi? Bularning barchasiga baxtli va qanoatlangan bo‘la turib erishish mumkinmi?” kabi muhim savollaringizga javob beradi. Bu savollarga javoblarni siz, “Fokus nuqtasi” kitobini o‘qigach topa olasiz.

    “Samarali vaqt boshqaruvi” kitobi

    Vaqtni boshqarish (taym-menejment) — bu o‘z samaradorligini va daromadlarini sezilarli darajada oshirish, qo‘shimcha vaqt hosil qilishga imkoniyat beruvchi vaqt boshqaruvi san’atini bildiradi. Taym-menejment sifati hayotingizning sifatini belgilaydi. Hayotingizning har qaysi jabhasiga e’tibor qaratishingiz bilan shunisi ayon bo‘ladi-ki, hayotdan mamnunlik hissi, sizning muvaffaqiyatingiz va harakatlaringizning samarasi o‘z vaqtingizni qanchalik sifatli qo‘llayotganingiz bilan belgilanadi.

    Taym-menejment — bu o‘zlashtirilishi va o‘rganilishi mumkin bo‘lgan san’atdir. Mashina yoki velosipedda yurganingiz singari, o‘z vaqtingizni ham to‘g‘ri boshqara olish imkoniyatingiz bor. Va kitobning vazifasi — buni qanday qilib amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatib berishdan iborat.

    “Maksimumga erishish” kitobi

    Ushbu asar, Brayan Treysi butun hayoti davomida olib borgan tadqiqot va izlanishlarining muayyan ma’nodagi eng mohiyatli ishlanmasidir. Ushbu kitob, ilk bora, yagona manbada tizimlashtirilgan g‘oya, usul va yo‘llarning noyob sintezini taqdim etadi. Tizimning alohida tarkibiy qismlari, albatta, yangilik emas. Asrlar davomida insoniyat ularni o‘qib, qayta o‘rganadi. Bu tamoyillar va amaliy usullar, hayotida ulkan yutuqlarga erishgan millionlab ayol va erkaklar tomonidan tekshirilgan va sinalgan.

    Ularni o‘z kundalik hayotingizga birlashtirish bilan, siz yanada baxtli, sog‘lom bo‘lib, o‘zingizga kuchli ishonch hissini hosil qilib borasiz. Siz buyuk kuch, ishonch va aniq bir maqsadga qaratilganlik hislarini boshdan kechirasiz. Yo‘nalishlaringizni aniqlashda ijobiylik paydo bo‘ladi, o‘z maqsadlaringizga aniqroq diqqat qarata olasiz va ularga erishish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz. Hayotingizda muhim o‘rin egallovchi kishilar bilan yaxshi natijaviy suhbat qura olasiz. O‘z kasbingizda katta muvaffaqiyatlarga erishasiz va o‘zingizni a’lo darajada his qilasiz. O‘z yashirin salohiyatingizning ulkan qo‘llanilmagan zaxiralarini yuzaga chiqarish yo‘llarini bilib olasiz. Har bir bob davomidan keluvchi mashqlarni bajara turib esa, siz sarflangan kuchga mos tarzda mutanosib bo‘lgan natijalarga erishasiz. Butun hayotingiz, siz ilgari tasavvur qilmagan, muvaffaqiyat, yutuqlar va katta baxtning yagona magistraliga aylanadi.

    Brayan Treysi kitoblarini o‘qib turib, siz uning ta’sirli yutuqlarga erishish tizimi va tamoyillari haqida bilib olishingiz mumkin, lekin uning mualliflik seminariga tashrif buyurib va “real vaqt” rejimida muallifning o‘zidan muvaffaqiyat retseptini olib, siz kelgusi ishlaringiz uchun, faqat asl muvaffaqiyatli kishilar ulasha oladigan ulkan g‘ayrat va ishtiyoqqa ega bo‘lasiz. Brayan Treysining Toshkentda, 7-noyabr kuni Turkiston san’at saroyidagi, uning bugungi kunda eng mashhur — “Maksimumga erishish” biznes-seminarida shaxsan qatnashish kabi noyob imkoniyatdan foydalanib qoling.

    Seminar doirasida dunyodagi eng muvaffaqiyatli kishilarning strategiyalari, ularning odatlari, qoidalari va fikrlash xususiyatlari o‘rganiladi. Qolaversa, maqsadlarni samarali shakllantirish va ularga erishish yo‘llarini belgilash jarayonlari, shaxsiy samaradorlikni oshirish, vaqt boshqaruvi va hayotning har bir sohasida ulkan natijalarni rejalashtirish kabilar sinchiklab ko‘rib chiqiladi. Brayan Treysi seminar qatnashchilariga o‘zlaridagi asosiy moliyaviy aktivni aniqlashga yordam beradi va maksimumga erishishda undan qanday foydalanish to‘g‘risida ko‘rsatmalari bilan o‘rtoqlashadi.

    Shular bilan bir qatorda, seminar doirasida siz o‘z ishbilarmonlik aloqalaringizni kengaytirish, yirik kompaniyalarning bosh rahbarlari bilan tanishish, tadbirning yetakchi hamkorlari tomonidan uyushtiriladigan tashabbus va konkurslarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Tarmoq foydalanuvchilari aksariyat hollarda ko‘p sonli resurslarni, jumladan, o‘quv portallari, forum va bloglar, onlayn-nashrlarni qo‘llaydilar. Ularga ochiq kirish imkoniyatini esa Ucell mamnunlik bilan taqdim etib, mukammallashtirib borayotgan Internet-ulanishi bilan ta’minlab beradi va shu orqali O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi kishilarning turmushi ijobiylik tomon o‘zgartirilib borilmoqda.

    Mobil Internet xizmatlari, maxsus paket va tariflari tufayli bugungi kunda yangi, foydali ma’lumotni olish va o‘rganish yanada ommabop bo‘lib bormoqda. Shu o‘rinda, Ucell mobil operatori B.Treysi seminarining aloqa bo‘yicha bosh hamkori, turli opsiyalarni taklif etmoqda: tarmoqdan boshlang‘ich foydalanuvchilar uchun – axborot portallariga kirish imkoniyatini yaratuvchi va ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish uchun zarur trafikli ochiq Internet; ilg‘or foydalanuvchilar uchun – foydalanilayotgan trafik hajmiga qarab Internet-paketlar hamda barcha xohlovchilar videoni bir zumda yuklab, tomosha qilishga, real vaqt rejimida turli yo‘nalish mutaxassislari uchun o‘rganishning eng sara platformasi bo‘lmish xalqaro konferensiya, vebinarlarda ishtirok etishga imkoniyat yaratuvchi yuqori tezlikdagi 4G texnologiyasi.

    Chiptalarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni tadbirning rasmiy sayti www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

    Reklama huquqi asosida. “Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi

     

    16.10.2015, 14:50   Izoh (0)   22409
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mobil aloqa operatorlari umumiy yig‘ilish o‘tkazdi

    16.10.2015, 13:49

    Toshkentda to‘qimachilik “Texnoparki” quriladi

    15.10.2015, 23:19

    Prezident Islom Karimov Qozog‘istonga keldi

    15.10.2015, 21:11

    Turkiyalik shifokorlar O‘zbekistonga tashrif buyurdi

    15.10.2015, 20:32

    O‘zbekiston jahon paxta eksportidagi o‘zining 7 foizlik ulushini saqlab qoladi

    15.10.2015, 19:14

    Janubiy Koreya konsorsiumi O‘zbekistondagi gaz-kimyo majmuasi qurilishini yakunladi

    15.10.2015, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Haydar Aliyev va Ozarbayjon vatanparvarlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi (foto)

    O‘zbekiston | 3 iyul, 15:02

    Nodavlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyati takomillashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 3 iyul, 11:48

    Yuz terisini parvarish qilishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 5 ta xato

    Ayollar sahifasi | 3 iyul, 14:50

    Diogu Jotaning o‘limi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 14:39

    10 mln dollar talab qilingan: “Anorbank” rahbari Fransiyada o‘g‘irlab ketildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:32

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.