Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 16-oktabr, juma kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga Xalqlar do‘stligi ordenini topshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nazarboyevni orden bilan taqdirlash haqidagi farmon Belarus prezidenti tomonidan 2015-yil 19-iyunida imzolangan edi, mukofotni topshirish marosimi MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishi vaqtida bo‘lib o‘tdi.
“Men mazkur yig‘ilishimiz, hamkasb prezidentlar guvohligida Xalqlar do‘stligi ordenini Nursulton Abishevich (Nazarboyev)ga topshirishni istardim. Ruxsatingiz bilan men mazkur vazifani aynan shu yerda, shu zalda bajarsam”, — dedi Lukashenko.
Izoh (0)