Dunyoda shaxsiy davlati hajmiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turuvchi meksikalik milliarder Karlos Slim ish kunlari sonini haftasiga uch kungacha qisqartirishni taklif qildi, deya xabar bermoqda ABC.
Uning fikricha, bunday choralar ishsizlikka qarshi kurashda yordam beradi. Slim, shu bilan bir vaqtda, pensiyaga chiqish yoshini 75 yoshgacha uzaytirish kerakligini qo‘shimcha qildi.
Milliarder haftada bor-yo‘g‘i uch kun ishlash natijasida ko‘proq odamlar ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishinini aytdi. Pensiyaga chiqish yoshining uzaytirilishi esa, uning fikricha, katta yoshli xodimlar tajribaga boy bo‘lishi bilan bog‘liq.
Izoh (0)