Ispaniya hukumati Kataloniyani muxtoriyat maqomidan vaqtincha mahrum qilish huquqiga ega. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Rafael Katala radiostansiyalardan biriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Katala aniqlik kiritishicha, agar muxtoriyat mustaqillikni qo‘lga kiritishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishda davom etsa, hukumat konstitutsiyaning muxtoriyat maqomidan mahrum qilishga ruxsat beruvchi 155-moddasini amalda qo‘llashi mumkin.
Katala bu chora mustaqillikni bir tomonlama e’lon qilishga qarshi chiqish uchun davlat qo‘lida bo‘lgan “qurol” ekanligini ta’kidladi.
Nashr eslatishicha, 2014-yil noyabrida Kataloniyada referendum o‘tkazilgan, unda 80 foiz ishtirokchilar mustaqillik uchun ovoz bergandi.
Izoh (0)