Kanadada noma’lum shaxs bolg‘a bilan 10 kishiga jarohat yetkazdi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, Kanadaning tub joy aholisi ishlari bilan shug‘ullanuvchi idoraga hujum uyushtirilgan.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bolg‘a bilan qurollangan noma’lum shaxs idora binosiga bostirib kirib, xodimlarga pala-partish hujum qila boshlagan.
Xabar berishlaricha, jabrlanuvchilarning ikki nafari og‘ir ahvolda. Hujum qilgan shaxs politsiyachilar tomonidan hushsiz holda topilgan va o‘ziga kelmay vafot etgan.
Izoh (0)