Pokiston Narkotiklarga qarshi kurashish boshqarmasi o‘tgan moliya yilida (2014-yil 1-iyulidan 2015-yil 30-iyunigacha) jami qiymati 5,7 trillion rupiya (54 milliard dollar)lik 354,54 tonna taqiqlangan preparatlarni musodara qildi. Bu haqda muassasa rasmiy bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Shuningdek, 42 ta guruh faoliyati fosh qilinib, narkotiklar savdosida qatnashgan 1,6 ming kishi hibsga olingan; besh kishi o‘lim jazosiga, 65 kishi bir umrlik qamoqqa, 556 kishi turli muddatdagi qamoqqa hukm qilingan, qolganlar jazosini kutmoqda.
Izoh (0)