Yamandagi isyonchi xusiylar Saudiya Arabistoni hududidagi aviabazaga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Saba manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xusiylar Saudiya Arabistoni janubidagi Asir provinsiyasida joylashgan Xamis Mushyat qishlog‘idagi aviabazaga ballistik raketa yordamida zarba bergan. Raketa nishonga aniq tekkani va moddiy zarar hamda qurbonlarga sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Isyonchilar vakillari qirollik hududidagi bazaga zarba “Saudiya Arabistonining Yamanda davom etayotgan tajovuziga javob” tariqasida berilganini ta’kidlagan. Saudiya rasmiylari Asir provinsiyasida ro‘y bergan hodisa to‘g‘risidagi xabarlarga hozircha hech qanday izoh bermagan.
Izoh (0)