Ishchi tashrif bilan Zaporojye viloyatiga kelgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Su-27 qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Parvoz arafasida Ukraina prezidenti ikkita Su-27 qiruvchi samolyotlarini besh yil davomida o‘zining aylanma mablag‘lari hisobidan ta’mirdan chiqargan “MiGremont” zavodi rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
Zavod direktori Sergey Furdiloning qayd etishicha, 1991-yili foydalanishga topshirilgan samolyotlar yangi texnik sifat va yechimlarga ega bo‘ldi. Xususan, nazorat tizimi almashtirildi, nishonga olish va navigatsiya tizimlari modernizatsiya qilindi.
“Ta’mirdan chiqqan mazkur ikki qiruvchi samolyot yaqin vaqt ichida Ukraina qurolli kuchlari safida faoliyat olib borish uchun yuboriladi”, — deyiladi “Interfaks-Ukraina” agentligi xabarida.
Izoh (0)