Britaniyaning Xinkli shahrida yashovchi bo‘yi 81 santimetrga teng ayol o‘zining 185 metrli yigitiga turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda The Daily Mail.
Tug‘ma chala osteogenezdan azob chekuvchi Amanda Fayf va uning turmush o‘rtog‘i Stiven 2009-yildan buyon birga, ularning olti yoshli o‘g‘li ham bor.
31 yoshli ayol ko‘pchilik ularga baqrayib qarab qolishini, biroq juftlik ularga e’tibor bermasligini aytdi. Shuningdek, Amanda Stivenni uchratgunicha o‘ziga munosib yigitni topa olmasligidan xavotirlanganini tan oldi.
Izoh (0)