China Airlines aviakompaniyasining Bali—Los-Anjeles yo‘nalishida uchayotgan reysi styuardessalari o‘zlarini doyalik rolida sinab ko‘rishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.
Tayvanlik yo‘lovchi ayollardan birida bir necha hafta avvalroq to‘lg‘oq boshlandi.
Ayolning baxtiga bortda Balidagi ta’tildan qaytayotgan shifokor bor edi, aynan u 9 ming metr balandlikda chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berdi.
Samolyot Alyaskaga shoshilinch ravishda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘i joyida.
Izoh (0)