Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ning Turkiya janubi-sharqidagi Xakkari viloyatida joylashgan marralariga berilgan aviazarbalar oqibatida 12 nafar jangari halok bo‘ldi. Bu haqda, Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi axborotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aviazarbalar oqibatida, jangarilardan tashqari, besh boshpana, qurol-yarog‘ ombori va zenit qurilmasi ham yo‘q qilingan.
Avvalroq, KIPning Xakkari viloyatidagi marralariga Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan 11-oktabr kuni berilgan zarbalar oqibatida 17 jangari halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Izoh (0)