Ukrainada halokatga uchragan Boeing yo‘lovchi samolyoti “Buk” zenit-raketa majmuasi yordamida urib tushirilgan. Bu haqda Niderlandiya xavfsizlik kengashi rahbari Chibbe Yaustra matbuot anjumani vaqtida gapirib o‘tdi, deb xabar qiladi Meduza.
Raketa samolyotning o‘ng tomonida portlagan. Samolyot havodayoq bo‘laklarga bo‘linib ketgan.
Chibbe Yaustraning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yo‘lovchi samolyotlari xavfsizligini ta’minlash uchun havo kengliklarini yopishi lozim edi. Ammo Ukraina bunday qilmagan.
Niderlandiya xavfsizlik kengashi faqatgina laynerning halokati sabablarini o‘rgandi. Halokat aybdorlarini Birlashgan tergov guruhi e’lon qiladi. Parallel ravishda tergov ishlarini olib borayotgan guruhga ham Niderlandiya boshchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 17-iyulda Boeing-777 halokati natijasida 298 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)