Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi minomyotdan o‘qqa tutildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” diplomatik muassasa xodimiga tayanib.
Xabarlarga ko‘ra, otishma natijasida elchixona xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, bu Rossiya elchixonasining birinchi bor o‘qqa tutilishi emas: oxirgi marta bunday hodisa sentabr oyida ro‘y bergan, o‘shanda minomyot snaryadi elchixona hovlisiga tushib, yerga qadalgan, keyinchalik suriyalik sapyorlar tomonidan chiqarib olingan edi.
Shuningdek, may oyida ham Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi minomyotdan o‘qqa tutilib, bir mina elchixona darvozasidan 15 metr nariga, ikkinchisi esa devorni teshib, ishchi kabinetga tushgan va baxtli tasodif bilangina qurbonlar bo‘lmagandi.
Izoh (0)