Niderlandiya xavfsizlik kengashi rahbari Chibbe Yaustra Donetskda halokatga uchragan Malayziyaning Boeing samolyoti yo‘lovchilarining oila a’zolariga havo kemasi “Buk” zenit-raketa majmuasi bilan urib tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga Yaustra bilan uchrashuvda ishtirok etgan qatnashchilardan biri aytib bergan, deya xabar beradi Meduza.
Xavfsizlik kengashi “Malayziya havo yo‘llari” samolyoti qulashi tafsilotlarini o‘rgangan. Tekshiruv yakunlari bilan birinchi bo‘lib halok bo‘lgan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolarining yaqinlari tanishtirildi.
13-oktabr, seshanba kuni kengash maxsus matbuot anjumanida tekshiruv xulosalarini rasman e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 17-iyulda Boeing-777 halokati natijasida 298 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)