10—21-oktabr kunlari Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida taniqli yapon badiiy fotografiya ustasi Kanako Satoning “Yaponiya suvosti dunyosi” nomli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 80 ta fotosurat namoyish etilishi ko‘zda tutilgan ko‘rgazma Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yaponiya fotoindustriya instituti ko‘magida tashkil etilmoqda. Bu haqda muassasa saytida xabar berilgan.
Erkin fotorassom va Tokiodagi Canon fotomaktabi ma’ruzachisi Kanako Sato suvosti dunyosining rang-barang manzaralarini ijodida aks ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Sato har yili Tokioda shaxsiy fotoko‘rgazmalarini o‘tkazib, ularda o‘zi tanlagan yo‘nalishdagi eng yaxshi asarlarni namoyish etib kelmoqda.
“Yaponiya suvosti dunyosi” ko‘rgazmasining ochilish marosimi 10-oktabr, soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)