2015-yilning 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.
Izoh (0)