Kimyo yo‘nalishidagi 2015-yilgi Nobel mukofoti shikastlangan DNKni qayta tiklash jarayonlari tadqiqi uchun Tomas Lindal, Pol Modrich va Aziz Sankarga nasib etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
O‘tgan yili kimyo yo‘nalishidagi Nobel mukofoti yuqori o‘lchamli fluoressent mikroskopiyani ishlab chiqqani uchun Erik Betsig, Shtefan Xell va Erik Mernerga taqdim etilgan edi.
Thomson Reuters talqini bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofotiga jonli tizimlar ichidagi kimyoviy reaksiyalar tadqiqoti bilan shug‘ullanayotgan Karolin Bertotssi asosiy da’vogar edi.
Undan tashqari tirik organizm genomini “tahrirlash” metodini ishlab chiqqani uchun Emmanuel Sharpante va Jennifer Dudna, shuningdek, litiy-ionli akkumlyatorlarni ishlab chiqish uchun ilmiy asosni taklif qilgan Jon Gudenof va Stenli Uittinxem ham mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin edi.
Izoh (0)