Nigeriya shimoli-sharqidagi Damaturu shahrida terrorchi-kamikadzelar tomonidan amalga oshirilgan uch terakt natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Agence France-Presse’ning Nigeriya favqulodda vaziyatlar milliy agentligiga asoslanib xabar berishicha, turar-joy mavzesida yuz bergan dastlabki ikki portlash besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Milliy agentlikning Yobe shtatidagi bo‘linmasi vakili Bashir Idris Garganing ma’lum qilishicha, shahar chekkasida yuz bergan uchinchi portlash natijasida yana to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)