Yevroparlament Gretsiyaga 2014—2020-yillarda 35 milliard yevro ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Shu tariqa deputatlar mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi taklifi va Yevrokomissiya rejasini o‘zgartirishlarsiz qo‘llab-quvatladi. Bu qarorni 586 nafar deputat yoqladi, 87 kishi qarshi chiqdi va 21 kishi betaraf qoldi.
20 milliard yevro Yevropa struktura va investitsiya fondlari, 15 milliard yevro esa qishloq xo‘jaligi fondlaridan ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Yevroparlament mazkur qarorni Yevropa kengashi tomonidan shoshilinch choralar ko‘rish va qisqa muddatda kuchga kirishi uchun tezlashtirilgan tarzda qabul qilgani ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)