Afg‘oniston hududida 7-oktabr, chorshanba kuni 7,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qozog‘iston Ta’lim vazirligining seysmologiya tajriba-metodik ekspeditsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila Olmaota vaqti bilan 14:01 da qayd etilgan.
Zilzila markazi Olmaotadan 944 kilometr janubi-g‘arbda — Afg‘oniston hududida bo‘lgan. Yerosti silkinishlarining o‘chog‘i, ma’lumot berishlaricha, 5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Izoh (0)