Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida jangarilar bilan otishma chog‘ida uch nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Harbiylarning jangarilar bilan to‘qnashuvi Xandvara okrugida ro‘y berdi, otishma hamon davom etmoqda. Krusan tumani hududida bo‘lib o‘tgan jangda esa bir jangari o‘ldirilgan, uning yonidan Kalashnikov avtomati topildi.
Kashmirda Hindiston va Pokiston o‘rtasida rasmiy chegara yo‘q, ikki davlat armiyasi nazorat chiziqlari bilan ajratilgan. Dehli qo‘shni davlat armiyasi va maxfiy xizmatlarini mintaqaning ajaralib chiqishi uchun kurashayotgan kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Islomobod esa bu ayblovlarni inkor etadi.
Izoh (0)