Ukrainaning Lvov viloyati, Yuqori Stiniva qishlog‘idagi maktabda kelib chiqqan yong‘in oqibatida uning direktori yonib ketdi. Bu haqda Lvov viloyati ma’muriyatining fuqaro himoyasi masalalari bo‘yicha departamentiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yong‘in 4-oktabr kuni ikki qavatli maktabning g‘ishtin binosida kelib chiqqan.
Qutqaruvchilar hodisa joyida 1956-yilda tug‘ilgan maktab direktorining jasadini topgan. Yong‘in oqibatida direktor kabineti va bino tomi yongan, ikkinchi qavatdagi kabinetning ikkita derazasi romi shikastlangan.
Yong‘in kelib chiqishi sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)