Gonkong ma’muriyatining sobiq rahbari Donald Tsang o‘ziga qarshi ochilgan korrupsiyaga oid tergov bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun sudga chaqirilgan. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Oxirgi uch yarim yil mobaynida men korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Mustaqil komissiya bilan har tomonlama hamkorlik qilib keldim. Mening vijdonim toza. Sud ishni ko‘rib chiqqanidan keyin meni oqlashiga ishonaman”, — deydi Tsang o‘z bayonotida.
70 yoshli siyosatchi hokimiyat tepasida o‘tirgan 2005—2012-yillarda horijda dam olish uchun tanishlarining xususiy samolyotlari va yaxtalari “xizmati”dan foydalangan. Bundan tashqari, xitoylik magnatlardan biri qo‘shni Shenchjen shahridan imtiyozli ijara sharti asosida dabdabali saroylar sovg‘a qilgan.
2012-yilda jamoatchilikka oshkor bo‘lgan bu faktlar to‘polonlarga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)