2015-yilda qashshoqlik darajasi birinchi marotaba sayyora aholisining 10 foizidan kamrog‘ini tashkil etadi. Bu haqda Jahon banki ma’ruzasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bu dunyodagi bugunning eng yaxshi xabari. Mazkur ma‘lumotlar qashshoqlikning o‘ta og‘ir ko‘rinishlariga nuqta qo‘ygan insoniyat tarixidagi birinchi avlod bo‘lishimizdan darak beradi”, — deydi bank prezidenti Jim Yon Kim.
Jahon banki taxminlariga qaraganda, 702 million kishi yoki er yuzi aholisining 9,6 foizi qashshoqlikda yashamoqda. Ularning aksariyati Osiyo va Afrika davlatlari hissasiga to‘gri keladi. 2012-yilda qashshoqlar soni 902 million kishi (sayyora aholisining 13 foizi)ni tashkil etgan. 1999-yilda bu raqam 29% dan iborat bo‘lgan.
Jahon banki prezidentining aytishicha, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining faollashuvi hamda ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltirilgan sarmoyalarning oshishi qashshoqlar sonining kamayishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)