4-oktabr, yakshanba kuni Eron parlamenti tomonidan mamlakat yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga baho berilgan ma’ruza ma’qullandi. Mazkur ovoz berish natijalari bo‘yicha Eron kelishuv bandlarini bajarishga kirishish huquqiga ega bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Kelishuv 14-iyulda Avstriya poytaxti Venada Eron va xalqaro vositachilar oltiligi (BMT Xavfsizlik kengashining besh nafar doimiy a’zosi va Germaniya) o‘rtasida tuzilgandi. Hujjat Eron yadro dasturining tinchlikparvar ko‘rinishda bo‘lishini kafolatlashi, buning evaziga Tehrondan barcha xalqaro va bir tomonlama sanksiyalar olib tashlanishi lozim.
18-oktabrda kelishuv kuchga kirishi va tomonlar zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishni boshlashi kutilmoqda.
Izoh (0)