Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos BMTni Falastin xalqini himoya qilishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.
Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi tribunasidan nutq so‘zlar ekan, u BMTga “juda kech bo‘lmasidan turib, ularning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish”ni so‘rab yuzlandi.
“Men BMTga himoya haqidagi iltimos bilan murojaat qilaman — bizning BMTdan boshqa himoyamiz yo‘q, — deya ta’kidladi u. — Bizga sizning himoyangiz kerak!”
Shu bilan bir vaqtda u Isroilga murojaat qilib, tinchlikka da’vat etdi. “Isroil hukumatini o‘z rejalarini amalga oshirishda shafqatsiz kuchdan foydalanishni bas qilishga chaqiraman”, — dedi Mahmud Abbos.
Izoh (0)