Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyaga nafaqat harbiy havo kuchlari bo‘linmalarini, balki quruqlikdagi qo‘shinlarni ham yuborishni taklif qildi, deb yozadi Meduza.
Qodirov so‘zlariga ko‘ra, janglarda piyodalardan foydalanilmayotgani uni ranjitmoqda. Agar Suriyadagi harbiy harakatlarda Rossiya quruqlik qo‘shinlari qatnashishi haqida qaror qabul qilinsa, u zudlik bilan chechenistonlik harbiy xizmatchilarni yuborishga tayyor.
“IShIDni qanchalik tez bitirsak, dunyo hamjamiyati uchun yashash shunchalik tinch bo‘ladi”, — deya ta’kidladi Checheniston rahbari.
Izoh (0)