Xitoyning Guansi provinsiyasi, Lyuchen uyezdida 30-sentabr, chorshanba kuni pochta jo‘natmalari portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi, o‘nlab odam yaralangan. Oldinroq uch kishi hayotdan ko‘z yumgani va 13 kishi jarohatlangani ma’lum qilingan edi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xalqaro Xitoy radiosi portlashlar tufayli bir necha bino shikastlangani, ulardan biri qisman qulab tushganini xabar qilgan edi. Mazkur hududda qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda.
Izoh (0)