Futbol bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, braziliyalik Ronaldo Xitoyda 30 ta futbol maktabi ochadi. Ularning aksariyati Pekin, Shanxay va Shenchjenda joylashtiriladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
“Xitoyda maktablar ochishning asosiy sababi biznes omilidan tashqari mamlakatda futbolning juda ko‘p muxlislari borligi va hukumat sportning mazkur turi rivojiga e’tibor qaratayotganidir, — deya ta’kidlagan Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi. — Mening uslublarim Xitoy futboli taraqqiyoti uchun xizmat qiladi, degan umiddaman”.
Ilk maktab noyabr oyida Pekinda ochilishi kutilmoqda.
Izoh (0)