Tehron Moskvadan Suhoi Superjet 100 (SSJ-100) samolyotlari va sun’iy yo‘ldoshlar uchun jihozlar sotib oladi. Ushbu kelishuv summasi 21 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Eron aviatsiya sanoati tashkiloti boshqaruvchisi Manuchehr Mantegi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Mazkur shartnoma Rossiyada bo‘lib o‘tgan MAKS-2015 aviasalonida tuzilgan. Mantegi aynan qancha samolyot xarid qilinishiga oydinlik kiritmadi.
Oldinroq Eron SSJ-100 havo kemalarini sotib olishdan voz kechgani va Airbus hamda Boeing bilan muzokaralar olib borayotgani to‘g‘risida ovozalar tarqalgandi.
Izoh (0)